Bemor bolalarning xayriya pulini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyat IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan monitoring hamda fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida navbatdagi kiberfiribgarlik fosh etildi.
Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi 22 yoshli M.D. Instagram ijtimoiy tarmogʻida bemor bolalar nomidan joylashtirilgan ehson videolarini yuklab, ularni qayta ishlab, montaj qilgan. U asl videodagi bank karta raqamlarini oʻzgartirib, boshqa karta maʼlumotlarini joylashtirgan hamda fuqarolar yuborgan pullarni oʻzlashtirib kelgan.
Dastlabki surishtiruvlarga koʻra, ushbu shaxs 2025-yil oktyabr oyidan fosh etilgunga qadar onasiga tegishli bank kartasiga 2 mingga yaqin tranzaksiya orqali jami 161 million soʻm mablagʻ tushirgan va uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring