Belarusda “Oʻzbek kino kunlari” boshlandi
Taniqli oʻzbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Belarus Respublikasidagi «
Kuni kecha kinofestival doirasida “Oʻzbek kino kunlari” boshlandi. Dasturga koʻra, Gomel shahrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi.
Shuningdek, film ijodkorlari Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, rejissyor Jahongir Ahmedov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tohir Saidov, OAV vakillari va boshqalar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil qilindi.
“Ilhaq” badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanib, unda 5 farzandini frontga joʻnatgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.
Maʼlumot uchun, “Ilhaq” filmi 26-noyabrga qadar “Oktyabr”, “Kosmos”, «
Eslatib oʻtamiz, kinofestival doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan Muhammadali Iskandarov rejissyorligidagi “Men terrorchi emasman” filmi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring