Belarus yadroviy qurollanish masalasini koʻrib chiqmoqda
Belarus oʻz raketalarini yadroviy kallaklar bilan jihozlash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Mamlakat xavfsizlik Kengashi kotibi Aleksandr Volfovichning BelTA agentligiga bergan intervyusiga koʻra, Minsk “Polonez” raketa tizimini modernizatsiya qilish orqali unga yadroviy kallaklar oʻrnatish yoʻllarini oʻrganmoqda.
Volfovichning taʼkidlashicha, shu bilan birga Rossiyaning “Oreshnik” gipersonik raketa texnologiyalarini qoʻshma loyihalarga integratsiya qilish masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.
“Biz qoʻshnilarimiz, Gʻarb davlatlari va AQSH 600 kilometr yoki undan ham koʻproq masofani bosib oʻtadigan shunga oʻxshash raketalarni yaratayotganini koʻryapmiz. Biz ham bu yoʻnalishda harakatni davom ettirishimiz kerak”, — dedi u.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham avval Gʻarb qoʻshnilari tomonidan harbiy tahdidlar kuchayib borayotganini taʼkidlab, Minskni raketa sanoatini rivojlantirishga majbur etganini bildirgan edi. “Polonez” tizimi Xitoy bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib, 300 kilometr masofadagi nishonlarni yoʻq qilish imkoniyatiga ega.
Shu bilan birga, Minsk hozircha oʻzining yadro qurollariga ega emas. Ammo mamlakat hududida Rossiyaning taktik yadroviy oʻq-dorilari joylashtirilgan boʻlib, ular Moskva nazorati ostida qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring