Bekobodda IIB binosiga olib ketilgan fuqaroning vafot etishi doirasida bir xodim qamoqqa olindi

Avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahrida IIB binosiga olib ketilgan fuqaroning vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan yuritilayotgan ish doirasida bir nafar xodim qamoqqa olindi. Bu maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga tasdiqladi.
Bekobodda IIB binosiga olib ketilgan fuqaro vafot etdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod shahar sudida jamoat tartibini buzgan aka-uka IIBga olib ketilgani va u yerda fuqarolardan birining sogʻligʻi yomonlashib, shifoxonada vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat IIBB axborot xizmati tomonidan berilgan rasmiy munosabatda marhumning IIB binosiga kirish yoʻlagida sogʻligi yomonlashib hushini yoʻqotgani, u shahar shifoxonasiga olib borilgani va koʻrikdan oʻtkazilayotgan vaqtida vafot etganligi qayd etilgan.
Keyinroq Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov mazkur holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berib, unda voqea sodir boʻlgan joylarda mavjud boʻlgan barcha videoyozuvlar olingani, guvohlar hamda voqea ishtirokchilarning koʻrsatmalari tekshirilayotgani hamda tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlanganini bildirdi.
Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari bilan uchrashib, taʼziya izhor qildi va mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nazorat xati yubordi.
Ombudsman prokuraturadan ushbu holatni qonun talablari doirasida koʻrib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini taʼminlashni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring