Bekobod tumaniga hokim tayinlandi

17:25 07 Avgust 2023 Jamiyat
301 0

Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich —  Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Sh. Mirzayev  1982-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari  vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?