“Barselona” Madridda ochko yoʻqotdi
Kecha, 31-avgust kuni Ispaniya La Ligasida turnirning 3-tur bahslari yakunlandi. Soʻnggi bahsda amaldagicha chempion “Barselona” jamoasi Madridda “Rayo Valekano” klubi mehmoni boʻldi. “Estadio de Valyekas” arenasida kechgan bahs durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida “Barselona” yetakchisi Lamin Yamal penaltidan hisobni ochdi. 67-daqiqada “Rayo Valekano” yarim himoyachisi Fran Peres hisobni tenglashtirdi. Oʻyinda hisob boshqa oʻzgarmadi va jamoalar 1 ochkodan boʻlishib oladigan boʻldi.
Qizigʻi, “Sofascore” portali tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb “Barselona” darvozaboni Joan Garsiya topildi. Butun oʻyin mobaynida 5 ta seyv koʻrsatgan posbonning oʻyini 8,3 ballga baholangan.
Endi “Barselona” La Ligadagi keyingi oʻyinini oʻz maydonida “Valensiya”ga qarshi oʻtkazadi. Ushbu bahs 15-sentyabr sanasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring