“Barselona” yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi

10:32 06 Oktyabr 2025 Sport
158 0

Kecha, 5-oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahslar boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda “Barselona” klubi “Sevilya” mehmoni boʻldi. Bahs mezbonlarning 4:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Gollarga gʻoliblar tomonidan Isaak Romero, Xose Anxel Karmona, Akor Adams va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Aleksis Sanches mualliflik qildi.

Kataloniya klubining yagona javob golini angliyalik futbolchi Markus Reshford kiritdi.

Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali “Sevilya” futbolchisi Xose Anxel Karmonani oʻyin qahramoni deb topdi. Futbolchining harakatlari portal tomonidan 8,2 ballga baholandi.

Qizigʻi, “Sofascore” “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskining harakatlarini 5,2 ballga baholadi. Levandovski 20-yilga yaqin professional faoliyati davomida biror marta bunchalik past bahoga loyiq koʻrilmagan edi.

Maʼlumot uchun, “Barselona” klubi keyingi oʻyinini 18-oktyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa La Liga 9-turi doirasida “Jirona” klubini qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер