Barcha davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi
“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.
OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qogʻoz shaklidan voz kechiladi va Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:
— 1-bosqichda – 2022-yil 1-martgacha quyidagilar joriy qilinadi:
— “Oʻquv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
— “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
— “Maʼmuriy jarayonni boshqarish” qismi;
— “Moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish” qismi;
2-bosqichda – 2022-yil 1-maygacha:
“Taʼlim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring