Bayram munosabati bilan Toshkent viloyatidagi ayrim koʻchalarda transport harakati cheklanadi

Toshkent viloyatida bayram munosabati bilan bir nechta koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
Unda aytilishicha, 28-avgust kuni soat 16:00dan 23:30ga qadar quyidagi koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi:
- Piskent tumani “Lolaariq” mfy hududida joylashgan “Piskent tumani markaziy oʻyingohi”ga tutash koʻchalar;
- Yuqorichirchiq tumanining BOʻSM oʻyingohiga olib boruvchi koʻchalar
- Bekobod shahrining Gʻ.Gʻulom va Istiqlol koʻchalarida
Shuningdek, 29-avgust kuni soat 16:00dan 23:30ga qadar:
- Zangiota tumanida joylashgan Madaniyat va istirohat bogʻi atrofidagi “Mustaqillik”, “Oybek” va ushbu koʻchalarga tutashgan tor koʻchalar;
- Oqqoʻrgʻon tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini “Oybek” koʻchasida .
- Chirchiq shahrining «Kimyogarlar madaniyat saroyiga tutash boʻlgan koʻchalarda transport vositalar harakati cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring