Bayden 2025-yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi
Prezident Jo Bayden AQSHning 2025-yilgi mudofaa byudjetini tasdiqladi. Bu haqida Oq uy xabar bergan.
“Prezident 2025-yil uchun, birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi va harbiy qurilish dasturlari, Energetika vazirligining milliy xavfsizlik dasturlari va razvedka dasturlari uchun ajratmalar toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq 895 milliard dollarlik mudofaa byudjeti AQSH Kongressining har ikki palatasi tomonidan tasdiqlagan edi.
18-dekabrda berilgan xabarda byudjet loyihasi AQSHning Hind-Tinch okeani hududidagi ishtirokini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning ish haqlarini oshirish, yettita yangi kema qurish va mamlakat mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash kabi choralarni qamrab olishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring