Ayollar oʻrtasida Osiyo chempionati ligasi start oldi
Kecha Osiyo maydonlarida bu yil boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionlar ligasi turnirining final bosqichiga saralash bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqada Oʻzbekiston sharafini Qarshining “Nasaf” jamoasi qizlari himoya qilmoqda. “Ajdarlar” saralashning “B” guruhidan oʻrin olgan boʻlib, ushbu guruh bahslari Qashqadaryo viloyati joylashgan “Markaziy” stadionda boʻlib oʻtmoqda.

Kecha Vladislav Xan boshchiligidagi jamoa turnirdagi ishtirokini boshladi. Dastlabki turda “Nasaf”ga Nepal mamlakatining “APF” jamoasi raqiblik qildi.
Uchrashuv Oʻzbekiston chempionining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Dastlabki 2 ta golga yozgi transferlar davrida jamoaga kelib qoʻshilgan Diyora Habibullayeva mualliflik qildi. Uchinchi gol esa Maftuna Shoyimova hisobiga yozildi.

Maʼlumot uchun, “Nasaf” jamoasi 2-turdagi oʻyinini 28-avgust sanada Saudiya Arabistoni chempioni “Al-Nassr” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring