Avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovlardan oʻtkazish toʻxtatildi

11:10 02 Sentyabr 2025 Jamiyat
85 0

Bugun, 2-sentyabrdan boshlab avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi. Bu haqida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, agentlik tomonidan isteʼmolchilar manfaatlarini taʼminlash va sifat kafolatiga ega boʻlmagan avtomobillarni respublikamizga olib kirilishini hamda jamoat yoʻllarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, 2024-yilning 1-noyabridan boshlab Piskent sinov majmuasida avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan oʻtkazib kelingan.

Tahlil natijalariga koʻra, respublikamizga texnik reglamentga muvofiq transport turi maʼqullanmagan yengil avtomobillarning import qilingani sababli, ularning sinovlari birma-bir oʻtkazilishiga sabab boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda 2024-yilgacha faqatgina 3 ta dilerlik markazlari faoliyat yuritgan boʻlsa, ular atigi 15 ta avtomodel uchun turini maʼqullash hujjatini olgan xolos. Hozirgi kunda esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari oʻz faoliyatini boshlagan va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini maʼqullash hujjatlari rasmiylashtirilgan.

Shu tufayli, Oʻzbekistonda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi hamda isteʼmolchilarning rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti joriy etilganligini inobatga olib, 2025-yilning 2-sentyabridan boshlab avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatilishi belgilangan.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yurtdoshlarimizga avtomobil xaridini rasmiy dilerlar orqali amalga oshirishni tavsiya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер