Avazada Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbari Serdar Berdimuhamedovni “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”da BMTning global konferensiyasi yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, Turkmanistonning yuksak davlat mukofoti - "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan taqdirlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash izchil ortib borayotgani, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Faol hududlararo va gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari, Ishbilarmonlar kengashi, Hududlar forumi va qator madaniy tadbirlar natijadorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring