Auksionda takroriy savdoga qoʻyilgan yerlarning boshlangʻich narxi pasaytiriladi
Illyustrativ foto
Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatda aniq mahsulot ekish sharti bilan auksionga chiqarilgan 10 ming gektar yer bir yildan buyon sotilmayotgani qayd etildi. Shu bois, keyingi yildan boshlab ekin yerlarini ijaraga berishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Endilikda yerni ijaraga olgan dehqon unga nima ekishini oʻzi mustaqil hal qiladi. Shuningdek, auksionda takroriy savdoga qoʻyilgan yerlarning boshlangʻich narxi 10 foizgacha pasaytiriladi.
Yer ijarasidan tushgan mablagʻlar toʻliq sanoatlashgan bogʻlarga suv, elektr, yoʻl tarmoqlarini tortish kabi infratuzilma obyektlari uchun sarflanadi.
AQShlik hamkorlar bilan Zominda parranda boʻyicha yirik naslchilik korxonasi tashkil qilinmoqda. Ushbu klasterda 100 ming bosh quvvatdagi birinchi naslli ona tovuq va 9 million dona inkubatsion tuxum ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Bu unikal loyiha respublikada parrandachilikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, ijtimoiy xizmatlar, mehnat bozori va infratuzilmani markazdan uzoq mahallalar aholisiga yaqinlashtirish zarurligi qayd etildi.
Urbanizatsiya agentligi va viloyat hokimligiga Yevropadan mutaxassislarni jalb qilib, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya asosida rivojlantirish boʻyicha master-reja ishlab chiqish topshirildi. Bunda Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahri oʻrtasidagi 40 gektar boʻsh maydon tanlab olinadi va keyingi yildan ushbu massivda 1 ming 200 xonadonli 50 ta koʻp qavatli uy quriladi.
Master-rejada yangi massivda barpo etiladigan bogʻcha, maktab, shifoxona kabi ijtimoiy obyektlar, elektr, suv, yoʻl infratuzilmalari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun birdek xizmat qilishi, ikkita hududni bir-biri bilan bogʻlaydigan yagona jamoat transporti tizimini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilishi kerak.
Massiv hududida yagona maʼmuriy markaz qurib, Sharof Rashidov tumanidagi barcha 21 ta davlat tashkilotini shu yerga koʻchirish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring