ASKUEda maʼlumotlarning soxtalashtirishning imkoni yoʻq
“Xalq so`zi ONLINE”
“Xalq soʻzi ONLINE”. Ilhom Rahmatov /Surxondaryo. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan joylarda elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yilda Surxondaryo viloyatidagi 44 940 dona isteʼmolchilarga zamonaviy elektr hisoblagichlar oʻrnatildi. Bu boradagi ishlarni tez va sifatli amalga oshirish uchun 291 nafar malakali xodimlar jalb etilgan.Ular tomonidan bir kunda 1000 dan ortiq elektr hisoblagichlar oʻrnatilmoqda. Aytish joizki, viloyat boʻyicha 463 693 ta isteʼmolchilarga elektr hisoblagichlar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. 2020-yil oxirigacha ASKUE tizimini toʻliq ishga tushirilishi belgilangan.
“Yangi hisoblagichlar 20 dan ortiq funksiyalarni amalga oshira oladi. Maʼlumotlarni soxtalashtirishning imkoni yoʻq. Hisoblagichga tashqi taʼsir oʻtkazilsa, u darhol oʻchadi va tizimga xabar joʻnatadi. Uning yana bir qulayligi, mobil banking va boshqa toʻlov xizmatlaridan foydalanish mumkin”, deydi Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi axborot xizmati rahbari Azimbek Samadov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring