AQSHda qurollangan shaxs cherkovda otishma uyushtirdi va uni yoqib yubordi (+video)

28-sentyabr, yakshanba kuni Michigan shtatidagi cherkovda qurollangan shaxs otishma sodir etib, coʻng uni yoqib yubordi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur hujum oqibatida kamida toʻrt kishi halok boʻlgan. Ulardan ikki nafari qurollangan shaxs tomonidan otib oʻldirilgan. Yana 8 nafar kishi turli darajadagi tan-jarohatlari olgan. Ulardan birining ahvoli ogʻir.
Rasmiylar ayni vaqtda cherkov vayronalari orasidan bedarak yoʻqolganlarni qidirish ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujumni sodir etgan shaxs 40 yoshli sobiq dengiz piyoda askari Tomas Jeykob ekani oydinlashgan. Ushbu shaxs huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan voqea joyida otib oʻldirilgan.
Mazkur otishma sodir etilgan vaqtda cherkovda yuzlab odamlar ishtirokida ibodat marosimi oʻtkazilayotgan boʻlgan. Hujumga nima sabab boʻlgani hozircha maʼlum emas.
Shahar politsiyasi boshligʻi Uilyam Renening bildirishicha, qurbonlar soni yanada oshishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring