AQSH Putin yordamchisining Ukraina boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishiga qarshi chiqmoqda. Sababi nimada?

Foto: РИА Новости
AQSH rasmiylari Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiyning Ukraina boʻyicha muzokaralarda ishtirok etishiga qarshi chiqdi. Maʼlum boʻlishicha, ular uni “keskin pozitsiya” ega va “qattiqqoʻl” deb hisoblashmoqda.
“AQSH rossiyalik hamkasblariga Moskva delegatsiyasiga Istanbulda rahbarlik qilgan Vladimir Putinning yordamchisi Vladimir Medinskiy kabi “qattiqqoʻl”larning ishtirokidan qochishni afzal koʻrishini tushuntirmoqda”, — deb yozdi “Bloomberg” oʻz manbalariga tayanib.
AQSH rasmiylarining ushbu bayonotiga qaramay, Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar oldidan murosa qilishga tayyorligini bildirgandi.
“Muhokama va Istanbul muzokaralarini qayta boshlashga tayyormiz, mumkin boʻlgan murosaga va ularni muhokama qilishga tayyormiz” — degandi u oʻshanda.
Uchrashuv yakunida Medinskin yaxshi kayfiyatda Rossiya tomoni Ukraina boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar natijalaridan qoniqish hosil qilishiga va aloqalarni davom ettirishga tayyorligiga ishontirgandi.
Prezident yordamchisi, shuningdek, Rossiya va Ukraina vakillari Istanbuldagi muzokaralarda “1000 ga 1000” formulasi boʻyicha mahbuslarni almashishga kelishib olganini aytdi. Shu bilan birga, u “toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar maqsadi ertami-kechmi mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish orqali uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish” ekanligini taʼkidladi.
Medinskiy bungacha ikki marta Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilgandi
Vladimir Medinskiy Turkiyaning Istanbul shahrida 16-may kuni uch yillik janglardan soʻng ilk bor boʻlib oʻtgan Rossiya — Ukraina tinchlik muzokaralarida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qildi. Undan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin, Bosh shtab bosh boshqarmasi boshligʻi Igor Kostyukov va mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin muloqotda qatnashdi.
“Delegatsiyamiz Prezident tomonidan maʼqullangan va muzokaralar olib borish uchun toʻliq vakolatga ega. Biz konstruktiv ish olib borish va Ukraina mojarosiga yechim topish tarafdorimiz” — degandi Medinskiy muzokara avvalida.
2022-yildagi Istanbuldagi muzokaralarda ham Medinskiy Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Keyin tomonlarning soʻnggi yuzma-yuz uchrashuvi 2022-yil 29-mart kuni Dolmabahche saroyida boʻlib oʻtgandi. Oʻsha yilning 22-mayida Medinskiy muzokara jarayonining muzlatilganini eʼlon qilib, Moskva hech qachon eng yuqori darajada muzokara olib borishdan qochmaganiga oydinlik kiritgandi.
2023-yilning yozida Istanbulda Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilgan Medinskiy Gʻarbni Ukraina boʻyicha muzokaralarni buzishda aybladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Moskva va Kiyev tinch yoʻl bilan yechim topishga va doimiy betaraflik va mamlakat xavfsizligi kafolatlari toʻgʻrisida Shartnoma tuzishga tayyor boʻlgan.
“Ammo bu Gʻarb davlatlariga toʻgʻri kelmadi. Aynan ular muzokaralarni buzishdi. Rossiya nafaqat soʻzda, balki amalda ham tinch yoʻl bilan yechim topishga tayyor edi. Bundan tashqari, Kiyev bunday qarorga yaqin edi”, — degandi oʻsha payt Medinskiy.
Muzokaralar guruhi rahbarining aniqlik kiritishicha, 2022-yilda Rossiya Ukrainadan betaraflik va NATOga qoʻshilmaslik, shuningdek, Qrim ustidan Rossiya suvereniteti tan olinishi va Donbass respublikalari mustaqilligini tan olishni talab qilgan. Bundan tashqari, kelishuv bir qator gumanitar talablarni oʻz ichiga olgan.
Oʻz navbatida, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Medinskiyni shunchaki rasmiy emasligiga eʼtiborni qaratdi.
Vazirlik rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning fikricha, Medinskiy oddiy amaldor emas. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida shunday yozdi: Mansabdor shasxlar bor, siyosatchilar bor, va shuningdek, davlat arboblari bor. Vladimir Medinskiy ayni shu toifaga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring