AQSH prezidenti Jo Bayden “otdan tushsa ham egardan tushmayapti”
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden muvaffaqiyatsiz saylovoldi debatidan soʻng demokratlarni noyabrda boʻlib oʻtadigan saylovlarda gʻalaba qozonishga ishontirdi.
81 yoshli prezident shanba kuni Nyu-York va Nyu-Jersidagi bir qator mablagʻ yigʻish tadbirlarida qatnashdi. Payshanba kuni oʻtgan debat haqida gapirar ekan: “Men muvaffaqiyatli kechani oʻtkazmadim. Tramp ham yaxshi natija qayd etgani yoʻq. Men sizga vaʼda beraman biz bu saylovda gʻalaba qozonamiz”, — degan amaldagi prezident.
Bir qancha demokratlarda saylovoldi bahsidagi chiqishdan soʻng Bayden toʻgʻri nomzodmi yoki yoʻqmi, degan xavotirlarni kuchaytirgan. Demokratlar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Bayden yaxshi chiqish qilmaganini aytgan. Prezident xavotirlarni tushunishi lekin qattiqroq kurashishga vaʼda bergani maʼlum. Baydenning yaqin doʻsti, sobiq prezident Barak Obama ham ijtimoiy tarmoqlarda munozara kechasi yaxshi oʻtmaganini yozgan.
Tramp esa oʻz tarafdorlariga debat katta gʻalaba olib kelganini taʼkidlagan. “Jo Baydenning muammosi uning yoshida emas. Gap uning malakasida. U qoʻpol va qobiliyatsiz”, — dedi 78 yoshli Tramp.
Avvalroq qator nashrlar Bayden oilasi, jumladan, Baydenning rafiqasi Jill Bayden, uning singlisi Valeri Bayden, 85 yoshli Ted Kaufman, prezidentning uzoq yillik doʻsti va doimiy maslahatchisi, shuningdek, Oq uy maslahatchilarining kichik guruhi prezidenti saylovda qatnashishdan voz kechishga koʻndirmoq ekanligini yozgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring