AQSH prezidenti qarorgohi “qurshab” olindi. Prezidentning o‘zi qayerda?
Foto: Reuters
Falastin tarafdori bo‘lgan minglab namoyishchilar Oq uyni “qizil chiziq” bayrog‘i bilan o‘rab olishdi. Bu haqda “NewsWeek” nashri xabar beradi.
Namoyishchilarga ko‘ra, deyarli 3 kilometrga cho‘zilgan qizil chiziqli banner urushda Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun prezident Jo Baydenga atalgan. Unda Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinliklarning ismlari yozilgan.
Prezident Bayden, avvalroq, agar Isroil kuchlari Rafahga kirsa, AQSH yahudiy davlatiga qurol-yaroq yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishini aytgan edi. Biroq, keyinroq Oq uy Isroil “qizil chiziq”ni kesib o‘tmaganini ma’lum qilgandi.
Nashrning yozishicha, namoyishning maqsadi Baydenni Isroilga harbiy yordamni “ayamagani” uchun qoralash. Gʻazo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning Rafahdagi operatsiyasida kamida 94 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Hozirda prezident Jo Bayden AQSHda emas. U ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashish, sammitlarda ishtirok etish uchun xorij safarida. Xususan, AQSH rahbari 9-13 iyul kunlari Buyuk Britaniya, Litva va Finlyandiyaga tashrif buyuradi.
U Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va Bosh vaziri Rishi Sunak bilan uchrashadi. Keyin 11-12 iyul kunlari Vilnyusga (Litva) boradi va NATO'ning 74-sammitida qatnashadi. 13 iyul kuni Bayden Xelsinkiga (Finlyandiya) keladi va AQSH — Shimoliy davlatlar yetakchilari sammitida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring