AQSH Oʻzbekistonga 200 ta sunʼiy nafas berish apparatlarini taqdim etdi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va AQSHning yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirokida Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali koronavirusga qarshi kurashishda koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekistonga taqdim etgan 200 ta zamonaviy sunʼiy nafas berish apparatlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Aytish lozimki, hozirda mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida 2 mingdan oshiq sunʼiy nafas berish apparatlari mavjud. Umumiy qiymati qariyb 2,6 million dollar boʻlgan 200 ta sunʼiy nafas berish apparatlari esa AQSH tomonidan bundan avval yetkazib berilgan 6 million dollardan ortiq koʻmagining davomi boʻldi.
– Oʻzbekiston koʻp yillardan beri AQSH, jumladan, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlik qilib kelmoqda, – dedi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Ayniqsa, tibbiy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, birlamchi tibbiyot va davolash muassasalari faoliyatini yaxshilash yoʻnalishlaridagi hamkorlik oʻz samarasini bermoqda. Mutaxassislarimiz AQSHning yetakchi klinikalarida amaliyot oʻtab kelishmoqda. Birgina 2019-yilda 14 nafar mutaxassislar malaka oshirib qaytishdi. Michigan, Sent-Luis, Shimoliy Karolina universitetlari professor va olimlari doimiy tarzda yurtimizga kelib, tajriba almashishmoqda. Ushbu taqdim etilgan apparatlarning afzalligi foydalanish uchun sodda, koʻp funksional hamda bemorlarni turli transport vositalarida tashish jarayonida ham qoʻllanilishi mumkin ekanligidir. Ushbu insonparvarlik yordami Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida koronavirus pandemiyasini yengish borasida olib borilayotgan hamkorlik aloqalarining mantiqiy davomi boʻldi.
Darhaqiqat, taqdim etilgan sunʼiy nafas berish apparatlari Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash muassasalarining texnik infratuzilmasi, hatto mintaqaviy iqlimni ham hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan. Xususiyatlariga koʻra, ushbu qurilmalar statsionar davolanishda intensiv terapiya uchun ham, aerotibbiy transportda yoki tez yordam mashinalarida bemorni tashish paytida ham qoʻllaniladi.
– COVID-19 sharoitida barcha mamlakatlar global hamjamiyat sifatida harakat qilishi lozim, – dedi AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum. – Bu chegara bilmas virus barchamizga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu bois, mamlakatimiz unga qarshi kurashishda zarur boʻlgan vositalar hamda texnik koʻmak taqdim etish orqali Oʻzbekiston va boshqa davlatlarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Amerika xususiy sektori bilan hamkorlikda yetkazib berilgan bu sunʼiy nafas berish uskunalari Oʻzbekistonda ogʻir kasallarni davolash imkoniyatini yana-da mustahkamlaydi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bu uskunalarni mamlakat boʻylab tibbiyot muassasalariga yetkazib berish, tashish va joylashtirishni rejalashtirishda Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlardagi sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan ish olib bormoqda. Taqdim etilgan uskunalar eng yuqori sifatli boʻlib, zamonaviy texnologiya asosida AQSHda ishlab chiqarilgan. Ular ixcham, oʻrnatilishi oson hamda invaziv va noinvaziv usullarda qoʻllanilishi mumkin. Bu esa oʻzbekistonlik shifokorlarga virus bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda qulaylik tugʻdiradi. Shuningdek, USAID tibbiyot xodimlari uchun trening mashgʻulotlari oʻtkazish va uskunalarga texnik xizmat koʻrsatishga mablagʻ ajratadi. Natijada shifoxonalar bu davolash uskunasidan koʻp yillar davomida xavfsiz foydalanishni davom ettirishi mumkin. Mazkur tibbiyot uskunasini nafas olish bilan bogʻliq boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatsa boʻladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring