AQSH nashri jurnalisti josuslikda ayblanib Rossiyada hibsga olindi. U 20-yilga qamalishi mumkin

14:50 26 Iyun 2024 Dunyo
362 0

Foto: Reuters

AQSHning «Wall Street Journal» gazetasi jurnalisti Evan Gershkovich Rossiyada josuslikda ayblanib sudga tortildi. Bu haqda BBC xabar berdi. Gershkovich Yekaterinburgda hibsga olingan va qariyb oʻn besh oydan beri Moskva qamoqxonasida saqlanayotgan edi.

Sud jarayoni Sverdlovsk viloyat sudida yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda. Rus prokurorlariga koʻra, Gershkovichni AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi uchun rus tank ishlab chiqaruvchisi haqidagi maxfiy maʼlumotlarni yigʻishda ayblamoqda.

Gershkovich ham, AQSH hukumati ham ayblovlarni inkor etib, jarayonni adolatsiz, deb atadi. Agar jurnalist aybdor, deb topilsa, u yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

«Wall Street Journal» jurnalisti Debora Ball bu sudni «soxta jarayon» deb tanqid qildi. U Rossiya sudlarida mahkamalarning yopiq eshiklar ostida oʻtishi va oqlov koʻrsatkichlarining pastligidan xavotir bildirgan.

Rossiyada amerikalik jurnalistlarning josuslikda ayblanib, hibsga olinishi yangilik emas. AQSHlik mustaqil jurnalistlar Pol Uilan va Alsu Kurmasheva ham Rossiyada qamoqqa olingan edi. Ulardan biri, Kurmasheva rossiyalik harbiylar haqida yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun 15-yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер