AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 6-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi M.Kadirxanova AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning gender tenglik hamda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha katta koordinatori J.Bijio boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar, jumladan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida USAID bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash lozim, (USAID) bilan hamkorlikda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
AQSH tomoni Oʻzbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
Shu bilan birga, 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirilishida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, suhbat chogʻida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan rejalar, hamkorlikda oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring