AQSH fuqarolarini hoziroq Eronni tark etishga chaqirdi
Illyustrativ foto
AQSHning Erondagi virtual elchixonasi oʻz fuqarolarini imkoni boricha tezroq Eronni tark etishga chaqirdi. Bu xabar ikki davlat oʻrtasidagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat tobora keskinlashayotgan bir paytda eʼlon qilindi.
Rasmiy maʼlumotga koʻra, Eronda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, ayrim yoʻllar yopilgan, jamoat transporti ishida uzilishlar kuzatilmoqda hamda internet va aloqa tarmoqlariga kirish cheklangan. Shuningdek, aviakompaniyalar Eronga va Erondan reyslarni qisqartirmoqda yoki bekor qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, AQSH fuqarolari internet uzilishlari davom etishini inobatga olib, alternativ aloqa usullarini rejalashtirishi va xavfsiz deb hisoblagan taqdirda Eronni quruqlik orqali Armaniston yoki Turkiya tomon tark etishi lozim. Shu bilan birga, parvozlar kutilmagan holda bekor qilinishi mumkinligi sabab aviakompaniyalar bilan doimiy aloqa qilish tavsiya etilgan.
Maʼlum qilinishicha, 5-fevral holatiga koʻra, Eron–Armaniston (Agarak/Norduz) va Eron–Turkiya (Gyurbulak/Bozargon, Kapikoʻy/Razi, Esendere/Serov) chegara punktlari ochiq. AQSH fuqarolari ushbu mamlakatlarga vizasiz belgilangan muddatga kirish huquqiga ega. Turkmanistonga kirish uchun esa maxsus ruxsat talab etiladi, Ozarbayjonning quruqlik chegaralari odatiy harakat uchun yopiq qolmoqda.
AQSH hukumati Eron bilan diplomatik munosabatlarga ega emasligi sabab, Qoʻshma Shtatlar manfaatlarini Tehrondagi Shveysariya elchixonasi himoya qilmoqda. Shu munosabat bilan AQSH fuqarolari xavfsizlikka oid yangiliklarni kuzatib borishi, ommaviy namoyishlardan yiroq boʻlishi va zarurat tugʻilganda qoʻshni davlatlardagi AQSH elchixonalari bilan bogʻlanishi soʻralgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring