“Aqlli uy”, koʻz nuri bilan ishlovchi eshik qulflari, ovoz bilan boshqariladigan darvozalar

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatidagi “Sof Expo Samarkand” koʻrgazmalar majmuasida qurilish va taʼmirlash tashkilotlari, meʼmorlar, dizaynerlar va ishlab chiquvchilar yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Uchinchi bor oʻtkazilgan mazkur koʻrgazmada loyiha institutlari, qurilish materiallari, boʻyoq, mebel, sanitariya-texnik vositalar, yoritish moslamalari, plastik va alyuminiy eshik-rom texnologiyalari boʻyicha yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilar qatnashdi.
“Build Pro Expo-2024” koʻrgazmasida 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy korxonalar qurilish, dizayn va arxitektura sohasidagi innovatsiyalarni namoyish etdi.
Ishlab chiqaruvchilarning dizayn boʻyicha soʻnggi yutuqlari, yangi texnologiyalar va “aqlli uy”lari ishtirokchilarning eʼtiborini tortdi. Shuningdek, koʻrgazmada mebel, devor qogʻozi va boʻyoq ishlab chiqaruvchilar ishtirokida yangi turarjoy majmualari, interyer dizayni, qurilish sektorini raqamlashtirish, energiya tejamkor texnologiyalar va IT infratuzilmasini loyihalash boʻyicha panel sessiyalari oʻtkazildi.
Ushbu koʻrgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda Rossiya, Xitoy, Turkiya ishlab chiqaruvchilari asosan boʻyoq, elektrotexnika, “aqlli uy” qurilmalari, yogʻoch mahsulotlari va birinchi marta Portugaliyadan kelgan korxona keramik va gʻisht ishlab chiqaruvchilarga zavod, tizimlashtirish uskunalari oʻrnatishni taklif etdi.
Koʻrgazmada “aqlli uy” va shaxsni aniqlovchi qurilmalar, xonadondagi elektr jihozlarini boshqarish, barmoq izi, koʻz nuri bilan ishlovchi eshik qulflari, kuzatuv va qoʻriqlash kameralari, quyosh nuri bilan ishlaydigan, 180 darajada 8 tagacha tasvirni uzata oladigan yangi kameralar, ovoz bilan boshqariladigan darvozalarga qiziqish yuqori boʻldi. Shuningdek, qurilish sohasidagi yangi, chidamli va arzon mahsulotlar ham ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
Koʻrgazma davomida B2B formatidagi uchrashuvlar ham oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring