“Aqlli parta” — oʻquvchilar ijod mahsuli
Jamiyatimizning tezkor taraqqiyoti, fan-texnika rivoji yoshlarni maktab chogʻidanoq izlanishga chorlamoqda. Uchqoʻrgʻon tumanidagi 19 — umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari Muhammadamin Noʻmonjonov hamda Islomjon Mahmudjonovlarning intilishlari bunga misol. Fanlarni oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmasdan innovatsiyaga qoʻl urgan ikkovlon yaqinda “Aqlli parta” qurilmasini ishlab chiqishdi. Loyiha informatika fani oʻqituvchisi Husanboy Ergashev rahbarligida sakkiz oy davomida olib borilgan ilmiy-amaliy harakatlar natijasida ijrosini topdi.

- “Aqlli parta” anʼanaviy partalardan bir qator qoʻshimcha imkoniyatlari bilan farqlanadi, -deydi iqtidorli oʻquvchilarning ustozi H. Ergashev. – Unga maxsus mikrokontroller oʻrnatilgan boʻlib, tasvirga olish va video uzatish ishlarini bajaradi. Bu bilan oʻquvchining darsdagi ishtiroki, xususan, mavzuni tinglash va oʻzlashtirish holatini nazorat qilish mumkin. Uning natijasi SMS xabarnoma yuborish orqali bolaning ota-onasini xabardor etadi. Bundan tashqari, parta yorugʻlikni boshqarish, qurilma balandligini sozlash, xona harorati hamda namlikni oʻlchash funksiyalariga ham ega. Alohida modul orqali shaxsni identifikatsiya qilish imkoniyati joriy etilgan.

Ayni paytda patentlashtirish harakati borayotgan ushbu “super parta” muqobillariga nisbatan 50 foiz yuqori samaradorlikka ega boʻlib, “Ixtirochilikka qadam” tanlovining respublika bosqichida eng ilgʻor 10 ta loyiha qatoridan joy oldi hamda 61 million soʻmlik vaucher bilan taqdirlandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring