“Aqlli hisoblagich” kelajakda tejamkor boʻladi(mi)?!
“Aqlli hisoblagich” ASKUE sutka davomidagi turli tariflarda ham elektr energiyasidan foydalanganlikni aniq hisoblab berish funksiyasiga ega.
Bugun Respublikamiz Prezidentining“Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Navoiy viloyatida ham isteʼmolchilariga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda. Shu maqsadda “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidanjami 180 783 ta elektr hisoblagichlarni oʻrnatish rejalashtirilgan.
Viloyatda mazkur yoʻnalishdagi ishlar oʻtgan yilning sentyabr oyidan boshlanib, bugunga qadar jami 48 ming isteʼmolchidagi mavjud elektr hisoblagichlar yangisiga almashtirildi. Almashtirishni tez va soz yakunlash maqsadida jami 75 nafar mutaxassis jalb etilib, oʻtgan yilning oʻzida Zarafshon shahri, Uchquduq, Tomdi hamda Konimex tumanlarida belgilangan ishlar toʻliq yakunlandi. Ayni kunlarda Karmana tumanida u davom ettirilmoqda.
— Joriy yil yakuniga qadar viloyatning barcha tuman va shaharlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar toʻliq oʻrnatiladi, — deydi “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Temur Baybikov. – Hisoblagichlarni yangilash “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari hisobidan toʻliq bepul amalga oshirilmoqda. Yangi hisoblagichlar avvalgilaridan 20 turdan ziyod funksiyani bajara olishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ularga maʼlumotlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq taʼsir oʻtkazish mumkin emas.
- Eng muhimi, ushbu hisoblagich differensial tariflar boʻyicha ham hisob-kitob qilish funksiyasiga ega, — deydi “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati raisi oʻrinbosari Bobur Islomov. – Yaʼni, rivojlangan mamlakatlardagidek, tigʻiz payt va erkin paytlarda elektr energiyasi tariflari alohida-alohida belgilanganida, ushbu hisoblagichlar ularni aniq hisoblab borishi mumkin. Bu isteʼmolchilar tomonidan energiyasidan tejab foydalanish, tigʻiz paytda yuklanmalarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi.
Ushbu hisoblagichlar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkazilishiham uning muhim qulayliklaridan biridir.
Temur ESHBOYEV, (“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring