APL klublarida oʻynayotgan futbolchilarning narxlari oʻzgardi
18-oktyabr kuni futbolchilarning transfer narxlarini baholab boruvchi “Transfermarkt” portalida Angliya Premyer-ligasida oʻynayotgan futbolchilarning narxlari yangilandi.
Unga koʻra, “Manchester Siti” klubida toʻp surayotgan oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning narxi oʻzgarishsiz qoldi va 35 million yevroni tashkil etmoqda.
Bu orqali u APLda toʻp surayotgan MDH mamlakatlarining eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Bu borada ikkinchi oʻrinni “Liverpul” posboni Georgiy Mamardashvili egallab turibdi. Gruziyalik futbolchining bahosi 28 million yevro sifatida qayd etilgan.
Kuchli uchlikdan esa “Everton” klubining 26 yoshli himoyachisi Vitaliy Mikolenko oʻrin olgan. Ukrainalik ushbu futbolchi portal tomonidan 25 million yevroga baholangan.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring