Anomal sovuq sababli xalqaro aeroportlarga kutib oluvchilarning kirishiga ruxsat berildi
Anomal sovuqlar munosabati bilan respublika aeroportlari binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangan edi. Bugundan boshlab barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha boʻlgan joyda uchib kelayotgan yoʻlovchilarni kutishlari mumkin boʻladi.
“Nihoyat, bizning takliflar eshitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz. Bilaman, muammo koʻp yillar davomida mavjud edi. Odamlar issiqda va sovuqda tashqarida turishgan va xavfsizlik nuqtayi nazaridan va boshqa bir qator sabablarga koʻra ularni ichkariga kiritish taqiqlangan. 2018-yilda qurilgan uchib kelish zali ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, unda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan. Uning ustiga zal juda kichkina. Biz hozirda binoning old qismini surish orqali zal maydonini koʻpaytirish loyihasini ishlab chiqmoqdamiz, bu erda kutib oluvchilar uchun sharoit yaratish mumkin boʻladi. Jarayon, zal atrofida koʻplab kommunikatsiyalar oʻrnatilganligi sababli murakkablashmoqda. Har safar, biz mavjud aeroportni qayta qurish, kengaytirish, qulayroq qilish uchun harakat qilishga qoʻl urganimizda, poytaxtimizga yangi aeroport qurish kerak ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz. Ammo, aeroportlar bir kunda bunyod etilmasligini hisobga olib, imkon qadar mavjud aeroportni rekonstruksiya qilmoqdamiz”, — dedi «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.
Shuni taʼkidlash kerakki, anomal sovuqlar sharoitida aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligiga eʼtiborni kuchaytirmoqda. Noqulay ob-havo sharoitlari - sovuq havo harorati, qor yogʻishi - parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun samolyotlarni muzga qarshi suyuqlik bilan ishlov berish jarayonini nazarda tutadi. Bu jarayon odatda har bir samolyot uchun taxminan 30 daqiqa davom etsada, hozirgi paytda har bir samolyotga ishlov berish 1 soatdan 1,5 soatgacha vaqt olmoqda. Albatta, bu reyslarning kechikishiga olib keldi. Dunyoning qator mamlakatlarida bunday ob-havo sharoitlari tufayli aeroportlarni yopish amaliyoti mavjud. Ammo Oʻzbekiston aeroportlari yoʻlovchilarni jadvaldagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilgan holda, ishlashga qaror qildi.
“Bugun ishonch bilan ayta olamanki, aeroportlarimiz murakkab ob-havo sharoitida uchish va qoʻnish operatsiyalarini barqaror amalga oshirish uchun yetarli resurslarga ega. Gap nafaqat mashinalar, balki xalqaro tajribaga ega malakali kadrlar haqida ham bormoqda. Yoʻlovchi oqimi boʻyicha eng gavjum aeroport, bu Toshkent aeroportidir – u yerda kuniga yuzdan ortiq reyslar amalga oshiriladi. «Handling” kompaniyasi va aerodrom xizmati ob-havo sharoitining yomonlashishi arafasida barcha zaxira kuchlarini jamlashga muvaffaq boʻlishdi. Jumladan, 10-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59 ga qadar Oʻzbekiston xalqaro aeroportlari tomonidan 152 ta reysga xizmat koʻrsatilgan boʻlsa, shundan 93 tasi “Toshkent” aeroportida amalga oshirilgan. Har bir samolyotga ishlov berish uchun bir soatdan koʻproq vaqt ketganini va barcha maxsus texnikalar parki, shunday sovuqda aerodromda ishlagan xodimlarni hisobga olmaganda, uchish-qoʻnish yoʻlagi va yurish yoʻlaklarini tozalashga chiqqanini hisobga olsak, bu juda yuqori koʻrsatkich» - deb qoʻshimcha qildi Raʼno Djurayeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring