Angorda yoqilgʻi toʻla sisterna portladi. 1 kishi vafot etdi

10:31 29 Iyul 2020 Jamiyat
1083 0

28-iyul kuni 22:00 lar atrofida Surxondaryo viloyatining Angor tumanida mahalliy korxonalardan biriga tegishli ombor hududida sisterna portlagan. Voqeaga xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik sabab boʻlgan, deb yozadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, 1981-yilda tugʻilgan payvandchi K.A. dizel yoqilgʻisi toʻlatilgan 10 tonnalik sisternani payvand qilib yamamoqchi boʻladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik sigʻimning yorilishiga olib keladi.

Hodisa oqibatida fuqaro K.A. voqea joyida vafot etadi, uning yonida turgan P.K. esa tanasining turli darajadagi kuyishlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkaziladi.

Yoyilgan alanga sisterna yoniga toʻxtatib qoʻyilgan Isuzu markasidagi yuk mashinasining ham yonib ketishiga sabab boʻladi.

Voqea yuz bergan joyga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikkita yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib kelgan va ular tezkorlik bilan yongʻinni oʻchirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер