Andijonlik yoshlarga Yevropa yoʻli ochilmoqda
Germaniyaning “ZAW-Leipzig” kompaniyasi bilan imzolangan kelishuv asosida Andijon viloyatidagi bir qator texnikumlarda tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun Yevropada bilim olish va ishlash imkoniyatlari yaratilmoqda.

Ushbu hamkorlik “1+1” taʼlim dasturi orqali amalga oshiriladi. Unga koʻra, oʻquvchilar avvalgi kursni Oʻzbekistonda oʻqib, keyingi kursni Germaniyada davom ettiradi. Bu jarayon ularga rivojlangan davlat taʼlim tizimining ilgʻor tajribasidan bevosita bahramand boʻlish, dual taʼlim tizimi asosida bilim olish hamda oʻqish jarayonida ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Loyihani amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida Germaniyadan bir guruh vakillar Andijonga tashrif buyurdi. Ular texnikumlarning oʻquv jarayoni, moddiy-texnik bazasi va faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring