Andijondagi yongʻin tafsilotlari maʼlum boʻldi (video)
Bugun 15-iyun kuni Andijon shahrida sodir boʻlgan yongʻin borasida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Bu haqda FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar bermoqda.
2019-yilning 15-iyun kuni soat 09:10da Andijon viloyati YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Andijon shahar Yoyilma MFY hududida joylashgan 4 qavatli (60 ta xonadonli) 1-uyning tom (chordoq) qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 8 ta asosiy yongʻin oʻchirish avtoekipajlari va 2 ta avtonarvon yuborilgan. Yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 09-17 da yetib borgan, koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yongʻin qurshab olingan va 09-55 da toʻliq bartaraf etilgan hamda yongʻindan 1-uyga tutash qurilgan koʻp qavatli 2-uyning 480 kv.metr maydonda tom qismi saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin oqibatida 1-uyning 480 kv.metr maydonda yogʻoch konstruksiyalardan qurilib, tunuka bilan yopilgan tom qismi yonib zararlangan. Yongʻinning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring