Andijonda Oʻshdan oqib kelgan yana bir jasad topildi

16:32 17 Iyul 2024 Jamiyat
449 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyatidan kuchli sel kelishi oqibatida Oʻsh shahridan oqib kelgan yana bir ayolning jasadi topildi. Bu haqda Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, viloyat hududida Qirgʻiziston FVV yoʻllagan murojaati asosida qidiruv ishlari olib borilgan. Unda joriy yilning 14-iyul kuni Oʻsh viloyati va Oʻsh shahrida sodir boʻlgan tabiiy ofatda oqib ketgan ayol jinsiga mansub jasad topilgan.

Aniqlik kiritilishicha, u bungacha bedarak yoʻqolgan deb hisoblangan 39 yoshli В.А. (ayol) boʻlgan.

Qoʻshni mamlakat FVV xabariga koʻra, bu Oʻzbekiston hududidan topilgan tabiiy ofat qurbonlarining beshinchisi. Bungacha mazkur texnogen hodisa oqibatida viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Shahrixonsoy qirgʻogʻidan 5-6 yoshlardagi qizaloqning, shuningdek, Oʻzbekiston chegarasidan 500 metr uzoqlikdan 44 yoshli ayol hamda 10 va 19 yoshli qizlarning jonsiz tanasi ham topilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchiOq boʻyra soykoʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?