Andijonda nosozlik sabab oʻnlab elektr hisoblagichlari yonib ketdi
Foto: Videodan kadr
Andijon tumanida transformatordagi nosozlik sabab aholi xonadonlariga oʻrnatilgan elektr hisoblagichlari yonib ketgani aytilgan videolar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 23-oktyabr kuni soat 20:00 lar atrofida tumanning Intilish mahallasini chiroq bilan taʼminlovchi podstansiyaning transformator punktida qisqa tutashuv sodir boʻlgan. Oqibatda ayrim xonadonlar hisoblagichlarida nosozlik yuzaga kelgan va elektr energiyasidan favqulodda uzilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yoʻl boʻyidagi qator elektr hisoblagichlari yonayotgani, chaqnash ovozlari eshitilganini koʻrish mumkin.
“Ayni vaqtda tezkor chiqish brigadalari tomonidan hisoblagichi zarar koʻrgan xonadonlarga yangi hisoblagichlar oʻrnatish hamda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda”, HET Andijon hududiy filiali deyiladi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring