Andijonda maktab oʻquvchilari oʻrtasida pichoqbozlik yuz berdi

Illyustrativ foto
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 2-umumtaʼlim maktabida yuqori sinf oʻquvchilari orasida janjal kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.
Xoʻsh, aslida nima boʻlgan edi? Maʼlum boʻlishicha, 22-dekabr kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro M. S. oʻziga avvaldan tanish boʻlgan, 2-umumtaʼlim maktabining yuqori sinfida tahsil oluvchi uch nafar yigitlar bilan uchrashadi. Ularning muloqoti Mangulik koʻchasida joylashgan kafelardan birining oldida mojaroga aylangan. Natijada M. S. yonida boʻlgan pichoq bilan uch yigitga tan jarohati yetkazadi.
Oʻquvchilar hozirda respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon viloyat filialida davolanmoqdalar.
“Oʻrtamizdagi doʻstona munosabat tushunmovchilik sabab mojaroga aylandi. Men ularga nisbatan hazillashgandim, biroq buni tushunishmadi. Oxir-oqibat qiziqqonlik qilib, ularga pichoq orqali tan jarohati yetkazib qoʻydim. Qilmishimdan pushaymonman. Aslida bunday niyatim yoʻq edi”, deydi M. S.
Farzand tarbiyalashdek ogʻir ish boʻlmasa kerak. Ursang eti, soʻksang beti qotadigan bu yoshdagi yigitlarni har doim ham nazorat qilib boʻlmaydi aslida. Shunday boʻlsada, M.S.ning otasi barcha otalarga murojaat qildi.
“Yuzaga kelgan voqeaga aslida men sababchiman. Oʻgʻlimni vaqtida nazorat qilib turganimda yonida pichoq olib yurishini bilgan boʻlardim. Eʼtiborsizligim tufayli bolamni notoʻgʻri yoʻlga kirib qolishiga sababchi boʻldim. Shu bois barcha ota-onalarga murojaat qilib, farzandingizni nazoratga oling, har bir qadamidan ogoh boʻling. Shunda boshingiz egilmaydi”, deydi M.Sning otasi.
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring