Andijonda yilning eng yaxshi kutubxonachi aniqlandi
Andijon shahrida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hamda tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlaridan ishtirok etgan 17 nafar mutaxassis tanlov Nizomiga asosan 4 ta shart boʻyicha bellashdi. Kitoblarni interaktiv usullarda targʻib qilishga qaratilgan bukreyler va buk slamlar namoyishi, kutubxonachilik terminlari boʻyicha bahribayt, test sinovlari hamda ish faoliyatida qoʻllanayotgan yangi loyihalar taqdimotlari orqali ular oʻz mahoratini namoyish etdi.
Izboskan tuman axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari Nodiraxon Otaqoʻziyeva 71,4 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi.
— Bu yutuq men uchun kutubxona sohasiga boʻlgan mehrim va masʼuliyatimning natijasi boʻldi, — deydi u biz bilan suhbatda. — Asosiy maqsadim kitobni zamonaviy usullarda targʻib qilish, yoshlarda oʻqish madaniyatini shakllantirish va kutubxonalarni jozibali maskanga aylantirishdir.
Tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Nodiraxon Otaqoʻziyeva esa tanlovning respublika bosqichida Andijon viloyati nomidan ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Saminjon HUSANOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring