Andijonda “Hokim kubogi” finali nihoyasiga yetdi

Andijon futbol akademiyasi stadionida “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining hal qiluvchi bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Joriy yil mart oyida start olgan mazkur turnirda tuman va shaharlar, oliy taʼlim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarning 26 ta jamoasi gʻalaba uchun maydonga tushgan edi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar natijasida finalga Oltinkoʻl tumanining “Oltinkoʻl” hamda Andijon shahridagi “Uz Tong Hong Ko” korxonasi jamoalari yoʻl oldi. Hal qiluvchi uchrashuvda oltinkoʻllik futbolchilar raqiblarini 1:0 hisobida ortda qoldirib, “Viloyat hokimi kubogi”ning egasiga aylandi.
Marosim yakunida gʻolib va sovrindorlar, shuningdek, “Eng yaxshi toʻpurar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng yosh futbolchi” nominatsiyalari boʻyicha eng munosib sportchilarga kubok, diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring