Andijonda Damas kanalga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida Damas rusumli avtomobilni kran kanaldan chiqarib olayotgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” muxbiri mazkur holat yuzasidan maʼlumot olish maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati boshligʻi katta leytenant Hayot Rahimov bilan bogʻlandi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 21-may kuni tunda Andijon viloyati Ulugʻnor tumanida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni soat taxminan 22:05 da Ulugʻnor tumani IIB profilaktika inspektori FVB Markaziy dispetcherlik xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, mazkur tumanda yashovchi A.A. hamda uning xamroxi M.Sh. Damas rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtida Fazogir MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Andijon kanali”ga tushib ketgani xaqida xabar bergan.
Soat 22:15 larda A.A.ning jonsiz tanasi kanalning Fargʻona viloyati xududidan oqib oʻtgan qismidan olib chiqilgan.
“Hozirda fuqaro M.Sh.ni topish uchun Yongʻin-qutqaruv otryadining Suvda qutqaruv guruhi tomonidan suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Rahimov.
Viloyat FVB axborot xizmati boshligʻi shuningdek, holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berilishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring