Andijonda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi
Andijon viloyatida beshta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Bildirishicha, mazkur holat Asaka tumani “Qipchoq” MFY hududidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Andijon-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 322 km.da sodir boʻlgan.
Unda haydovchi 1986-yilda tugʻilgan J.U. oʻzining “Kobalt” avtomashinasini boshqarib ketayotib, oraliq masofa saqlay olmasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Matiz” avtomashinasining orqa qismi borib urilgan.
Shundan soʻng, voqea sodir boʻlgan joyda haydovchi 1988-yilda tugʻilgan X.X. “JAC” yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, oldida harakatlanib ketayotgan “Spark” avtomashinasini orqa qismiga urilishi oqibatida “Spark” avtomashina haydovchisi esa oldida boʻlgan “Nexia” avtomashinasini orqa qismiga urilib “JAC” yuk avtomashinasini orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan “Damas” avtomashinasi esa yuk avtomashinasini orqa qismiga borib urilib yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Andijon viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan. Barcha avtomashinalar moddiy zararlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring