Andijonda AQSH investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
AQSHning Illinoys shtati moliyaviy masalalar boʻyicha nazoratchisi Susana Angelina Mendoza boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bobur nomli Andijon xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldi va shundan soʻng ikki tomonli hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga kirishildi.
Muloqotda viloyat rahbari mehmonlarni Andijonda koʻrishdan mamnunligini bildirdi va Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorlikning kengayib borayotganini taʼkidladi. Shuningdek, investitsiya va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Delegatsiya aʼzolari Andijonda yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, xizmat koʻrsatish va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarida fikr almashdi. Shu orqali muloqotda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan takliflar va loyihalar ilgari surildi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring