Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Videodan kadr
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani “Begbachcha” MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.
Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. “Toshkent-Andijon” yoʻnalishi boʻyicha “Hyundai” rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan va oraliq masofani saqlamasdan, svetoforning taqiqlovchi ishorasida toʻxtab turgan: “Lacetti”, “Cobalt”, “Lacetti”, “Cobalt” va “Nexia-3”rusumli transport vositalarining orqasidan borib urgan.
Toʻqnashuv oqibatida barcha transport vositalari texnik shikastlangan, tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring