Andijonda 2 ta “Spark” ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon tumanida ikkita “Spark” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 3-iyul kuni soat 01:35 lar atrofida Andijon tumani “Oʻrikzor” MFY hududidan oʻtgan D-17 avtomobil yoʻlining 7 kilometrida sodir boʻlgan.
Aniqlik kiritilishicha, 20 yoshli A.S. “Spark” rusumli avtomashinasini Andijon shahar yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelayotib, quvib oʻtish qoidasini buzgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoniga oʻtgan vaqtida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir “Spark” bilan toʻqnashib ketgan.
“Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bor”, deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring