Andijonda 2 nafar “zamhokim” qamoqqa olindi

Videodan kadr
Andijon viloyatining Boʻston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari pora olayotganda qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXX va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ayrim mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Xususan, Andijon viloyati Boʻston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari oʻzaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xoʻjalikning 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib berish evaziga 65 million soʻm miqdorida pora talab qilgan.
Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari joriy yilning avgust oyida soʻralgan pulning 25 million soʻmini avans sifatida olib, qolgan 40 million soʻmini tuman hokimining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari orqali olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring