Andijon jome masjidining yangi binosi ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini borib koʻrdi.
Bu joyda ilk masjid 1870-yilda tiklangan. Hozirgi masjid qurilishi 2018-yilda boshlanib, shu yil may oyida yakunlandi.
Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan. Uning ikki chetida balandligi 54 metrlik minoralar, asosiy binoning tepa qismida diametri 18 metrli gumbaz qurilgan.
Ilgari masjid sigʻimi 5 ming kishini tashkil qilgan boʻlsa, endi bino 15 mingdan ortiq namozxonni oʻz ichiga sigʻdira oladi.

Qurʼon oyatlaridan tilovat etilib, duo qilindi.
- Bu dargohni barpo etishga hissa qoʻshgan muhandislar, quruvchi va bezakchilar, homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Masjid Andijon xalqiga muborak boʻlsin, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilsin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda ulamo va imom-xatiblar bilan muloqot boʻldi.
- Hamma joylarda muqaddas ziyoratgohlarni obod qilish, yangi masjid va maʼrifat markazlari qurishga eʼtibor qaratyapmiz. Bunday xayrli ishlarni davom ettiramiz. Moʻmin-musulmonlar bu yerga kelib, ibodatlarni emin-erkin bajarib, shukronalik bilan xalqimizni duolar qilsa, nur ustiga nur, - dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring