Anar muallim “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi

09:57 30 Mart 2023 Madaniyat
1091 0

Фото: Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси

“Mumtoz sheʼriyat” festivali tadbirlari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida davom etdi. 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — spichrayter Xayriddin Sultonov soʻzga chiqib, festivalning ahamiyati toʻgʻrisida toʻxtaldi. 

Soʻng jahon adabiy muhitiga, oʻzbek-ozarbayjon xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 85 yoshni qarshilayotgan adib, TURKSOY Yozarlar birligi faxriy raisi, Ozarbayjon xalq yozuvchisi Anar Rzayevni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Davlat rahbarining Farmoni oʻqib eshittirildi. 

Anar muallimga “Doʻstlik” ordeni va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?