“Amu – Buxoro–1” nasos stansiyasi foydalanishga topshirildi
Voha uchun yangi “Amu – Buxoro–1” nasos stansiyasining ahamiyati katta. U orqali yetkazib berilayotgan suv minglab gektar ekin maydonlari, bogʻ-rogʻlarni suv bilan taʼminlab, qishloq xoʻjaligi yerlarini choʻllanish xavfidan asrashga xizmat qiladi. Inshoot “Amu – Buxoro” mashina kanali Olot tuman boshqarmasi tasarrufidagi hududda barpo etildi.
Nasos stansiyasi “Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki” ishtirokida amalga oshirilayotgan irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash loyihasi doirasida qurildi. Qiymati qariyb 83 million AQSH dollarini tashkil etgan mazkur obyektda qurilish-montaj ishlari Xitoy Xalq Respublikasining “China National Technical Import and Export Corporation” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Inshootda yuqori ish unumdorligiga ega 8 ta nasos agregati hamda zamonaviy energiyatejamkor asbob-uskunalar oʻrnatildi. Natijada nasos stansiyasining umumiy suv chiqarish quvvati soniyasiga 90 kub metrga yetkazildi.
Eʼtiborlisi, loyiha doirasida yana bir muhim obyekt — “Amu – Buxoro–2” nasos stansiyasida ham modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Amu – Buxoro” mashina kanali birinchi navbati 1965-yilda, ikkinchi navbati esa 1976-yilda qurilgan. Ushbu kanallar orqali suv nasos stansiyalari yordamida yuqoriga koʻtarilib, qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun yoʻnaltiriladi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring