Alisher Qodirov energetika sohasidagi monopoliya boʻlganligini va bu endi bekor qilinishini bildirdi
Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov energetika sohasidagi monopoliya boʻlganligini va bu endi bekor qilinishini bildirdi. «Endilikda energiya ishlab chiqarish va sotishda monopol mavqe boʻlmaydi», degan u.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston energetika sohasiga jiddiy oʻzgarishlar olib kiradigan «Energetika toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi partiya fraksiyasining 8-iyuldagi navbatdagi yigʻilishida ikkinchi oʻqishda maʼqullangan.
«Mobil aloqada xizmat koʻrsatadigan kompaniyani tanlaganingizdek energiya sotadigan kompaniyani ham tanlash huquqingiz boʻladi. Energiya ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar orasida raqobat boʻladi. Amaldagi qonunda bu taqiqlangan edi. Monopolist tashkilot bizga xohlagan narxida elektr energiya yetkazib berar va biz toʻlamay qolgan qismini byudjetdan «qurtday» sanab olar edi», deydi Alisher Qodirov.
Ushbu qonun loyihasi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, elektr energiyasi bilan taʼminlash, markaziy xaridorning funksiyalarini bajarish, elektr energiyasi savdosi, importi va eksporti litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring