Alisher Qodirov: barcha millatli vatandoshlar oʻzbek tilini bilishlari shart

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov Rossiya davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning “Tilni biladigan ishchilar Rossiyaga kelishi mumkin” degan soʻzlariga javob berdi.
Biz uchun odamlar rus tilini bilgan, urf-odatlarimizni, madaniyatimizni hurmat qilgan holda biz bilan ishlashga kelishi muhim”, — degan Volodin yalpi majlisda.
Oʻzbek siyosatdoniga koʻra, shubhasiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu Oʻzbekistonda yashayotgan ruslarni ham oʻzbek tilini bilishlari muhim emas, degan maʼnoga toʻgʻri kelmaydi.
“Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar oʻzbek tilini bilishlari shart. Qonunlarimizda bosqichma bosqich bogʻcha va boshlangʻich taʼlimda boshqa millatli vatandoshlarga oʻz ona tili va qadriyatlarini oʻrganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, oʻzbek tili majburiy oʻrganadigan til sifatida belgilanishi kerak”, degan u.
Joriy yilning fevral oyida OʻzJOKU rektori Sherzodxon Qudratxoʻjaning “Oʻzbekistonda yashab, oʻzbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini oʻzlari hal qilishi kerak” degan soʻzlaridan keyin “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring