Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar boshlandi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”.
Yulduz Oʻrmonova, “Xalq soʻzi ONLINE” xabar beradi.
— Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiy tilli xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxsdir, — deydi Britaniya kutubxonasining turk va turkiy toʻplamlar boʻlimi rahbari Maykl Jeyms Erdam. — Birinchidan, u oʻzining gumanistik gʻoyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, oʻlmas sheʼriy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shoir va mutafakkirdir. Sulton Husayn Boyqaro ham ul zotni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz atamagan.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida shoir tavalludining 578 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali tadbirda ana shunday fikrlar bildirildi. Unda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tashkil etilgan Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi talabalari Asadillo Aziziy va Raʼno Sherzod buyuk bobokalonimiz ijodining bugungi yosh avlod maʼnaviy hayotidagi tutgan oʻrni xususida soʻzlab, uning gʻazallaridan oʻqib berdi.
— Hazrat Alisher Navoiyni nafaqat soʻz mulkining sultoni, balki ulugʻ donishmand, mutafakkir zot, desak, arziydi. — deydi Asadillo Aziziy. — Birgina misol: hozirgi Afgʻonistonning Sarpul viloyati hududida oʻsha zamonlarda uch oy qolib, katta bir koʻprikni taʼmirlab ketgan. Shuning uchun ul zotdan yaxshi nom hamda maʼnaviy meros qolgan. Men bugun Hazrat Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali marosimda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Shu imkoniyatni taqdim qilgani va biz, afgʻonistonlik yoshlarning Oʻzbekistonda taʼlim olishimiz uchun barcha sharoitni yaratib bergani uchun ikki davlat rahbarlari, ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Shoir tavalludiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbirlar respublikamiz boʻylab keng davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring