“Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi
Kecha, 25-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 6-turidan oʻrin olgan oʻyinlar start oldi. Tur doirasida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” klubi “Al-Hazem” jamoasi maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida hisob ochildi. Ayman Yahyoning uzatmasidan soʻng, Joau Feliks oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 88-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Uesleyning uzatmasidan soʻng, Krishtianu bu mavsum Saudiya chempionatidagi beshinchi golini kiritdi.
Uchrashuv aynan 2:0 hisobi bilan yakunlandi. Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali “Al-Nasr” yarim himoyachisi Ayman Yahyoni oʻyin qahramoni deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,1 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Al-Nasr” keyingi oʻyinini 28-oktyabr kuni “Qirol kubogi” musobaqasi doirasida “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring