“Al-Nasr” klubi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 26-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasi 4-turidan oʻrin olgan “Al-Ittihod” va “Al-Nasr” oʻyini boʻlib oʻtdi.
Jidda shahrida oʻtgan bahs mezbonlarning magʻlubiyati bilan yakunlandi. Uchrashuvda hisob 9-daqiqada “Al-Nasr” tomonidan ochildi. Kingsli Komanning uzatmasidan soʻng, Sadio Mane oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
35-daqiqada esa Sadio Manening uzatmasidan soʻng Krishtianu Ronaldu oʻyindagi ikkinchi, faoliyatidagi 946-golini kiritdi. Bahs aynan shu hisob bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali “riyadliklar” aʼzosi Joau Feliksni oʻyin qahramoni deb topdi. Portugaliyalik futbolchining harakatlari portal tomonidan 8 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Al-Nasr” klubi oʻzining navbatdagi oʻyinini 1-oktyabr kuni oʻtkazadi. Shu kuni jamoa Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasida Iroqning “Al-Zavra” klubini qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring